Qirgʻiziston prezidenti Sadyr Japarov ikkinchi muddatga nomzodini qoʻyadi
Respublikada saylovlar 2027-yil 27-yanvarga belgilangan

Qirgʻiziston Markaziy saylov va referendumlar komissiyasi Japarov boʻlajak prezidentlik saylovi kampaniyasida ishtirok etish uchun hujjatlarini topshirganini maʼlum qildi. U saylov komissiyasiga ariza bergan oltinchi nomzod boʻldi.
Avvalroq Rossiya-Qirgʻiziston taraqqiyot jamgʻarmasi boshqaruvining sobiq aʼzosi Aymen Kasenov, Chuy viloyatidagi tumanlardan birining sobiq rahbari Azamat Esenbekov, sobiq Moliyaviy politsiya rahbari Syymyk Japykeev, tadbirkor Akay Kydyrov va Qirgʻiziston kommunistlari yetakchisi Ishak Masaliyev hujjatlarini topshirgan edi.
Nomzodlarni koʻrsatish jarayoni 13-noyabrda yakunlanadi. Shundan soʻng komissiya saylov ishtirokchilarini rasman roʻyxatdan oʻtkazishni boshlaydi.



