Seshanba, 10-noyabr 2026-yil
Biznes

Yaylovlardan ekoturizm va asalarichilik uchun foydalanish taklif qilindi

Rejalarga yaylovlarni raqamli hisobga olish uchun E-yaylov elektron platformasini ishga tushirish ham kiritilgan

10-noyabr, 14:50По-русски

Oʻzbekistonda Ekologik partiya fraksiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Yaylovlar toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini muhokama qildi. Hujjat birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Qonun loyihasida yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari va ularni toifalarga ajratish nazarda tutilgan. Uy xoʻjaliklari ehtiyojlari uchun aholi tomonidan yaylovlardan foydalanishni tartibga solish maqsadida jamoat yaylovlarini tashkil etish taklif qilinmoqda.

Shuningdek, E-yaylov elektron platformasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. U yaylovlarni raqamli hisobga olish va ularning holatini muntazam monitoring qilishni taʼminlashi kerak.

Hududlarni kuzatish uchun sunʼiy intellekt, geoinformatsion texnologiyalar va sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlaridan foydalanish koʻzda tutilgan. Ular yordamida yerlarning degradatsiyasini oʻz vaqtida aniqlash va uning oldini olish choralarini koʻrish rejalashtirilmoqda.

Fraksiya aʼzolarining fikricha, bu oʻzgarishlar oʻsimlik qoplamini saqlash, biologik xilma-xillikni himoya qilish va chorvachilikning ozuqa bazasini mustahkamlashga yordam beradi.

Yana oʻqing