Data-markazlar quvvati 2030 yilgacha 2 baravar oshishi mumkin, 75% — AI hissasiga
XEAga koʻra, dunyo data-markazlarida hozir 120 GVt quvvat bor, oʻn yillik oxirigacha yana 120 GVt paydo boʻlishi mumkin; yangi quvvatning 75 foizi AIga toʻgʻri keladi.

Agentlik qurilayotgan yoki kengaytirilayotgan 93 ta yirik «AI fabrikasi»ni ham kuzatmoqda. Ishlar tugagach, ularning jami quvvati 50 GVtga yetishi mumkin — bu elektr isteʼmoliga yana bir Buyuk Britaniyaning sarfini qoʻshishga teng.
Yuklamaning oʻsishi energetika tizimlarida allaqachon muammolar tugʻdirmoqda: ayrim hududlarda loyihalar tarmoq eng yuqori yuklama paytida taʼminlay oladiganidan koʻproq quvvat talab qilmoqda. Data-markazlarning kengayishi bilan tariflarning oshishi oʻrtasidagi bogʻliqlik hozircha aniq tasdiqlanmagan. Agar obyekt boʻsh quvvatlardan foydalanib, xarajatlarning oʻz ulushini toʻlasa, qolgan isteʼmolchilarning toʻlovlari kamayishi mumkin. Ammo tarmoqni modernizatsiya qilish zarur boʻlsa, xarajatlar barcha mijozlar oʻrtasida taqsimlanishi mumkin.
Qayta tiklanuvchi energetika data-markazlarning elektr xaridi boʻyicha kelishuvlarining deyarli yarmini tashkil etadi, biroq amaldagi elektr ishlab chiqarishda koʻmir va gaz muhim oʻrin tutishda davom etmoqda. XEA 2030 yilgacha data-markazlardan koʻmir va gazga bogʻliq chiqindilar 70 foizga oshishini kutmoqda. Infratuzilma cheklov boʻlib qolmoqda: uzatish tarmoqlarini qurish koʻplab energetika obyektlari va data-markazlarni ishga tushirishdan koʻra koʻproq vaqt oladi.
Yana oʻqing

SpaceX kosmik AI-maʼlumot markazlari uchun 1 mln gacha sunʼiy yoʻldoshga ruxsat oldi
Texnologiyalar10:15
FT maʼlumotlariga koʻra, Nvidia Janubi-Sharqiy Osiyoga AI serverlari yetkazib berilishini toʻxtatishni buyurdi
Texnologiyalar08:50
