Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Oʻzbekistondagi banklar, mikromoliya tashkilotlari va lombardlar avvalgi yilga nisbatan 6 foiz koʻproq xizmat koʻrsatdi

Shu tariqa, mikromoliyalashtirish bozori 109,9 trln soʻmni tashkil etdi

25-noyabr, 19:39По-русски

Read in English

Shutterstock

Bir yil ichida Oʻzbekistonda mikromoliyaviy xizmatlar hajmi 109,9 trln soʻmgacha oshdi. Bozorning 56,8 foizi tijorat banklari hissasiga toʻgʻri kelgan boʻlsa, mikromoliya tashkilotlarining ulushi 2,3 baravar oʻsgach, 40,4 foizga yetdi.

Qisqa muddatli moliyalashtirish 91 foizga oshdi, uzoq muddatli moliyalashtirish esa 18 foizga qisqardi. Xizmatlarning qariyb 99 foizi soʻmda koʻrsatildi.