Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Navoiy viloyatiga Germaniyadan 163 bosh naslli sigir yetkazib berildi

Karantindan soʻng chorva aholiga savdo ustamasisiz narxlarda taklif etilishi rejalashtirilmoqda

13-noyabr, 16:47По-русски

Read in English

Yetkazib berishni Uzagrostar Holding tarkibiga kiruvchi ixtisoslashgan Navoiy Agro-Star kompaniyasi tashkil etdi. Hayvonlar Germaniyaning Förster Livestock kompaniyasidan xarid qilingan.

Sigirlar yetkazib kelingach, maxsus tayyorlangan karantin maydoniga joylashtirildi. Bir oy davomida ular belgilangan talablarga muvofiq zarur veterinariya koʻriklari va profilaktik muolajalardan oʻtadi.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, 163 bosh sigirning boʻgʻozlik muddati turlicha boʻlib, uch oydan olti oygacha. Simmental zoti goʻsht-sut yoʻnalishiga mansub. Bu zot mahsuldorligi, chidamliligi va turli iqlim sharoitlariga moslasha olishi bilan ajralib turadi.

Karantindan oʻtgach, hayvonlarni aholiga savdo ustamasisiz narxlarda taklif etish rejalashtirilmoqda.

Avvalroq ushbu zotga mansub naslli chorva Avstriyadan Oʻzbekistonga yetkazib berilgan. Sentabr oyida bu yerga Schaap kompaniyasidan 150 bosh simmental zoti keltirilgan. Ularning 93 boshi aholiga, qolgan qismi esa fermer xoʻjaliklariga berilgan. Hayvonlar savdo ustamasisiz sotilgan.