Sunʼiy intellekt mavjud boʻlmagan yoʻl harakati qoidasi bandini oʻylab topishi mumkin: imtihonga neyrotarmoq yordamida qanday tayyorlanish kerak
Runet analitik nashrining bosh muharriri Vladimir Zykov sunʼiy intellekt xato qilishi, turli mamlakatlar qoidalarini aralashtirib yuborishi va yoʻl harakati qoidalarida mavjud boʻlmagan bandlarga havola qilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Zykovning fikricha, yoʻl harakati qoidalari boʻyicha imtihonga tayyorlanishda neyrotarmoqqa toʻliq tayanib boʻlmaydi. Sunʼiy intellekt notoʻgʻri javobni ishonarli tarzda tushuntirishi mumkin. Natijada oʻquvchi xatoni yodlab olib, uni amaldagi qoida deb qabul qiladi.
Buning sabablaridan biri — turli mamlakatlardagi yoʻl harakati qoidalarining oʻxshashligi bilan birga, ular oʻrtasida muhim farqlar ham borligidir. AQShning ayrim shtatlarida toʻliq toʻxtaganidan keyin, agar bunday manyovr alohida taqiqlanmagan boʻlsa, qizil chiroqda oʻngga burilishga ruxsat beriladi. Oʻzbekistonda esa ruxsat beruvchi signal boʻlmasa, bunday burilish taqiqlangan. Xorijiy materiallar asosida oʻqitilgan neyrotarmoqdan faqat Rossiya yoʻl harakati qoidalaridan foydalanish soʻralgan taqdirda ham, u turli davlatlar meʼyorlarini chalkashtirib yuborishi mumkin.
Bundan tashqari, qoidalar vaqti-vaqti bilan yangilanadi, sunʼiy intellekt esa eskirgan maʼlumotlarga tayanishi mumkin. Neyrotarmoq qoidalarda mavjud boʻlmagan bandni ham oʻylab topishi, amaldagi meʼyorni xato bayon qilishi yoki mavjud boʻlmagan bandning aniq raqamini aytishi mumkin. Bu javob goʻyoki rasmiy hujjat bilan tasdiqlangandek taassurot uygʻotadi.
Mutaxassis tayyorgarlik koʻrishda amaldagi imtihon biletlaridan foydalanishni tavsiya qiladi. Uning soʻzlariga koʻra, neyrotarmoq qoʻshimcha vosita boʻlishi mumkin: undan murakkab savolni sodda soʻzlar bilan tushuntirishni, vaziyatni tahlil qilishni yoki misollar keltirishni soʻrash mumkin.
Yana oʻqing

SpaceX kosmik AI-maʼlumot markazlari uchun 1 mln gacha sunʼiy yoʻldoshga ruxsat oldi
Texnologiyalar10:15
FT maʼlumotlariga koʻra, Nvidia Janubi-Sharqiy Osiyoga AI serverlari yetkazib berilishini toʻxtatishni buyurdi
Texnologiyalar08:50
