Qirgʻizistonda prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun 11 nafar daʼvogar ariza berdi
Endi daʼvogarlar roʻyxatdan oʻtish uchun saylovchilarning kamida 30 ming imzosini toʻplashi kerak

Oʻzini oʻzi nomzod sifatida koʻrsatish haqida arizalarni Azamat Esenbekov, Aymen Kasenov, Sıymyk Japykeev, Akay Kydyrov, Ishak Masaliyev, Baktybek Kalmamatov, Bakytbek Adylov, Amur Ayba Meder, Mambetjunus Abylov, Klara Sooronkulova va amaldagi prezident Sadyr Japarov topshirdi.
Endi daʼvogarlar roʻyxatdan oʻtish uchun saylovchilarning kamida 30 ming imzosini toʻplashi kerak. Elektron imzolarni yigʻish 8 dekabrgacha davom etadi, Markaziy saylov komissiyasi esa roʻyxatdan oʻtish uchun hujjatlarni 13 dekabrgacha qabul qiladi. Komissiya nomzodlarni 23 dekabrgacha roʻyxatdan oʻtkazishi kerak.
Saylovoldi tashviqoti 23 dekabrda boshlanadi va ovoz berish boshlanishidan bir sutka oldin — 26 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da yakunlanadi.



