WhatsApp xabarlarni keyinroq yuborishni rejalashtirish imkonini beradi
WhatsApp shaxsiy va guruh chatlarida xabar yuborishni rejalashtirish funksiyasini qoʻshadi: yuborish 10 daqiqadan 14 kungacha muddatga belgilanadi.
26-noyabr, 15:32По-русски

ixbt.com
Xabar yuborishni rejalashtirish uchun foydalanuvchi yuborish tugmasini bosib turishi, soʻng sana va vaqtni koʻrsatishi kerak boʻladi. Qabul qiluvchi bunday xabarni oddiy xabar kabi koʻradi.
WhatsAppʼda kechiktirilgan yuborishlar roʻyxati paydo boʻladi — undagi istalgan xabarni yetkazilishidan oldin oʻchirish mumkin. Xabarlar belgilangan vaqtda, hatto smartfon oʻchirilgan yoki quvvati tugagan boʻlsa ham, yuboriladi. Funksiya uchdan uchgacha shifrlash bilan ishlaydi va nafaqat matnni, balki fotosuratlar hamda videolarni ham rejalashtirish imkonini beradi.
Yana oʻqing

SpaceX kosmik AI-maʼlumot markazlari uchun 1 mln gacha sunʼiy yoʻldoshga ruxsat oldi
Texnologiyalar10:15
FT maʼlumotlariga koʻra, Nvidia Janubi-Sharqiy Osiyoga AI serverlari yetkazib berilishini toʻxtatishni buyurdi
Texnologiyalar08:50
