Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Turkiya va Qatar kompaniyalari Buxoroning yangi aeroporti terminalini quradi

Turkiyaning Limak İnşaat va Qatarning Hamad Bin Khalid Contracting kompaniyalari “Yangi Buxoro” aeroportini qurish boʻyicha tenderda gʻolib chiqdi

13-noyabr, 14:55По-русски

Read in English

yapigundem.com

Xalqaro tanlov 2026-yil 12-martda eʼlon qilingan. Tanlov ikki bosqichda oʻtkazilgan, yakuniy bosqichga olti kompaniya yetib kelgan.

Loyiha davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladi. Gʻoliblar bilan 23 yilga, jumladan, uch yilgacha davom etadigan qurilish muddatini ham qamrab olgan kelishuv tuzish rejalashtirilmoqda.

Konsorsium soatiga 1200 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadigan terminal, avtoturargoh va unga tutash infratuzilmani quradi. Davlat uchish-qoʻnish yoʻlagi va perronni oʻz zimmasiga oladi.

Loyiha Buxoroga sayyohlar oqimini koʻpaytirish va xalqaro havo qatnovlarini kengaytirishga yordam berishi kutilmoqda.