Juma, 27-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Netflix «Uch jism muammosi» serialining ikkinchi mavsumi premyerasi sanasini eʼlon qildi

Ilmiy-fantastik serialning davomi 14-yanvarda chiqadi

17-noyabr, 13:52По-русски

Read in English

championat.com

Netflix «Uch jism muammosi» serialining ikkinchi mavsumi qachon chiqishini eʼlon qildi. Davomning barcha qismlari 14-yanvardan tomosha qilish uchun ochiq boʻladi. Eʼlon bilan birga striming xizmati ilk posterni ham taqdim etdi, treyler esa 17-noyabrda eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.

Serial xitoylik yozuvchi Lyu Sisinning romanlar turkumiga asoslangan. Syujet insoniyatning yerdan tashqaridagi sivilizatsiya bilan aloqasi haqida hikoya qiladi. Bu aloqa Yerda ilmiy taraqqiyotning barchasi uchun tahdidga aylanadi.

Birinchi mavsum 2024-yil bahorida chiqdi va asosan ijobiy baholarga ega boʻldi. Ekranlashtirish ustida «Taxtlar oʻyini» ijodkorlari sifatida tanilgan Devid Benioff va D. B. Vayss ishlamoqda. Serialda Aysa Gonsales, Benedikt Vong, Liam Kanningem va Jon Bredli suratga tushmoqda.