Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

FT maʼlumotlariga koʻra, Nvidia Janubi-Sharqiy Osiyoga AI serverlari yetkazib berilishini toʻxtatishni buyurdi

Server ishlab chiqaruvchilar mintaqaning toʻrtta davlatidagi mijozlariga Nvidia buyurtmalarni joʻnatishni taqiqlaganini maʼlum qildi. Bunga AQShning yangi eksport qoidalari sabab boʻlgan.

27-noyabr, 08:50По-русски

Read in English

tomshardware.com

Yetkazib berishlar xavf ostida qoldi, Singapurdagi Aolani bulutli xizmatlar kompaniyasi esa 500 mln dollarlik loyihasini moliyalashtirishdan ayrilmoqda. Nvidia mintaqaga AI uchun grafik protsessorlar yetkazib berishni davom ettira oladimi-yoʻqmi, hozircha noaniq boʻlib turgan bir paytda banklar kredit berishni toʻxtatdi.

Dell, Supermicro va boshqa server ishlab chiqaruvchilar Singapur, Tailand, Malayziya va Indoneziyadagi mijozlariga taqiq joriy etilgani haqida xabar berdi. Bu koʻrsatma doimiy yoki vaqtinchalik boʻladimi — nomaʼlum.

AQShning yangi qoidalari bulutli xizmat koʻrsatuvchi provayderlarga eksport litsenziyasini olish va ularning mijozlari orasida cheklangan tashkilotlar yoʻqligini tasdiqlash uchun 90 kun muddat beradi. Sanoat rahbarlaridan biri Financial Times nashriga regulyator arizalarni topshirish tartibini tushuntirmaganini aytdi.

Cheklovlar Xitoyning AI kompaniyalariga Xitoydan tashqarida hisoblash quvvatlarini ijaraga olish imkoniyatini yoʻqqa chiqaradi. Aolani ByteDance kompaniyasiga shunday quvvatlarni yetkazib berish boʻyicha kelishuv tuzgan, biroq Xitoy kompaniyasi modellarni oʻqitish uchun Nvidia chiplaridan foydalana olmasa, kelishuvdan voz kechishi mumkin.

AQSh 2022-yildan beri ilgʻor AI chiplarining Xitoyga eksportini cheklab kelmoqda. 2025-yil dekabrida Nvidia u yerga H100 chiplarini yetkazib berishga ruxsat oldi, biroq xaridorlar AQSh Savdo vazirligidan litsenziya olishi kerak, shuningdek, har bir chip uchun 25 foiz miqdorida yigʻim undiriladi.