Messi oʻz nomidan tijoriy foydalanishni toʻxtatishni talab qiladi
Lionel Messining vakillari uning nomi va suratlaridan tijoriy maqsadlarda foydalanilgani sababli Argentina futbol federatsiyasiga yuridik bildirishnoma tayyorlamoqda

«Inter Mayami» hujumchisining vakillari AFAʼdan Messi nomi va suratlaridan tijoriy foydalanishni toʻxtatishni talab qilmoqchi. Bildirishnoma hozircha tayyorlanmoqda, shu sababli talab hali yuborilmagan.
Manbaga koʻra, futbolchi oʻz imijini Klaudio Tapiya boshchiligidagi Argentina futboli rahbariyati bilan bogʻlashni istamaydi. Messi vakillari bunday foydalanish uning xalqaro homiylar bilan munosabatlarini murakkablashtirishi mumkin, deb hisoblaydi.
Qaror qabul qilinishiga federatsiya atrofidagi moliyaviy mojarolar va uning argentinalik futbolchining tijoriy hamkorlari bilan ziddiyatlari sabab sifatida koʻrsatilgan.



