SpaceX aksiyalarini amerikaliklarning yangi avlodi bilan boʻlishadi: har bir bola kompaniyada ulush oladi
SpaceX amaldagi har bir «Tramp hisobi»ga — soliq imtiyozlariga ega bolalar hisobiga — bittadan yangi aksiya berishni rejalashtirmoqda

SpaceX amaldagi har bir «Tramp hisobi»ga — uzoq muddatli jamgʻarmalarni shakllantirishga yordam beradigan, soliq imtiyozlariga ega bolalar investitsiya hisobiga — bittadan yangi aksiya berish niyatida.
Tashabbus SpaceX rahbari Ilon Maskning AQShdagi har bir bolaga bittadan aksiya berish haqidagi vaʼdasi bilan bogʻliq. U, shuningdek, kompaniya hadya qiladigan aksiyalar sonicha aksiyani shaxsan oʻzi berishni ham rejalashtirmoqda. SpaceX prezidenti va operatsion direktori Gvinn Shotvell esa alohida ravishda oʻz aksiyalaridan 2 mln dan ortigʻini berish niyatini maʼlum qildi.
Kompaniya aksiyalarni berish hozircha faqat rejalashtirilayotganini taʼkidlamoqda. Uni amalga oshirish davlat organlari hamda boshqa uchinchi tomonlar tomonidan beriladigan maʼqullashlarga bogʻliq, muddatlar va shartlar oʻzgarishi mumkin. SpaceX A toifasidagi oddiy aksiyalar koʻrinishidagi boʻlajak badallar haqidagi maʼlumotlarni xatarlar va noaniqliklar bilan bogʻliq istiqbolga oid bayonotlar qatoriga kiritdi.



