Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Markaziy Osiyo mamlakatlari uchta yangi qoʻshma loyihani kelishib oldi

BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPECA) ishtirokchilari turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi

13-noyabr, 13:35По-русски

Read in English

news.com.kg

Uchrashuv yakunlari boʻyicha Bishkek deklaratsiyasi qabul qilindi va uchta loyiha maʼqullandi, deb xabar beradi Avesta.tj.

Birinchi loyiha toʻgʻonlar xavfsizligini oshirishga qaratilgan. Ikkinchi loyiha transport yoʻlaklarini, jumladan, Transkaspiy yoʻnalishini rivojlantirish hamda turli transport turlaridan foydalangan holda tashuvlarni yaxshilashni nazarda tutadi.

Uchinchi loyiha «yashil» iqtisodiyotga bagʻishlangan boʻlib, savdoni soddalashtirish, qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash hamda kichik va oʻrta biznesning raqobatbardoshligini oshirishni oʻz ichiga oladi.

Moliyalashtirishni Ozarbayjon, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston badallari hisobidan SPECAning maxsus jamgʻarmasi taʼminlaydi. Endilikda jamgʻarma jami oltita loyihani qoʻllab-quvvatlamoqda.

2027 yilda dasturga raislik Oʻzbekistonga oʻtadi.