Sinnerga operatsiya kerak boʻlishi mumkin: tizzani konservativ davolash samara bermadi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner tizzasidagi jarohat yuzasidan mutaxassislar bilan maslahatlashish uchun AQShga bormoqchi. Bu haqda Italiyaning Vanity Fair Italy nashri yozdi.

Jurnal maʼlumotlariga koʻra, konservativ davolash hozircha «Katta dubulgʻa» turnirlarining besh karra gʻolibi kutgan natijani bermadi. Italiyalik tennischi kortga qaytmadi: u hali-hanuz toʻlaqonli mashgʻulotlarni tiklagani yoʻq.
Sinner jamoasida hozircha operatsiya masalasi muhokama qilinmagan. Biroq oʻrta muddatli istiqbolda bunday ehtimol ham istisno etilmayapti: agar tizzadagi ogʻriq oʻtmasa va davolash ham samara bermasa, jarrohlik amaliyotisiz qiyin boʻlishi mumkin.
2026-yilgi Uimbldondagi gʻalabasidan keyin Sinner birorta ham ATP turnirida ishtirok etmadi.



