Toshkent viloyatida Smart City industrial parki shakllantirilmoqda
Smart City parkining maydoni 6400 gektarni tashkil etadi. Bu haqda Muxtor Umarov 13 noyabr kuni FINOBOD 2026 forumida maʼlum qildi

Oʻzbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi raisi Muxtor Umarovning soʻzlariga koʻra, majmua u yerda industrial zonalar ochishi mumkin boʻlgan xorijiy hamkorlarga yoʻnaltiriladi. Bunday kompaniyalarni jalb qilish uchun Oʻzbekiston qoʻshma korxonalar formatidan foydalanadi. Umarovning taʼkidlashicha, bu hamkorlar toʻplagan amaliyot va koʻnikmalarni tezroq oʻzlashtirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, Toshkentda maydoni 55 000 m² boʻlgan yangi turdagi Markaziy Osiyo erkin savdo zonasi paydo boʻladi. Hamkorlar har ikki loyihada ishtirok etishga taklif qilinmoqda. Erkin savdo zonasidagi tovarlarni Markaziy Osiyo mamlakatlari va boshqa bozorlarda sotish mumkin boʻladi.



