ChatGPT, Gemini va boshqa AI xizmatlaridan shaxsiy maʼlumotlarni qanday oʻchirish mumkin
Neyron tarmoqlardagi maʼlumotlarni bir tugma bilan butunlay oʻchirib boʻlmaydi, ammo ayrim jihatlarni hisobga olish kerak

ChatGPTʼda kerakli tugma Data controls — Improve the model for everyone boʻlimida joylashgan. Xotira esa Settings → Personalization → Memory boʻlimida alohida tozalanadi. Geminiʼda bu ilovalar tarixi orqali amalga oshiriladi: Keep Activity boʻlimida «Tarixni oʻchirish va oʻchirib qoʻyish» variantini tanlash mumkin. Biroq tarix oʻchirilganidan keyin ham Google xizmat ishlashini taʼminlash uchun maʼlumotlarni 72 soatgacha saqlashi mumkin, tarix yoqilganida esa chatlarning bir qismini mutaxassislar tekshiradi, tekshirilgan parchalar esa alohida uch yilgacha saqlanadi.
Claudeʼda maxfiylik sozlamalarida Help improve our AI models funksiyasini oʻchirish kerak. Perplexityʼda akkaunt sozlamalarining Preferences boʻlimida AI data retention tugmasi bor: u Free, Pro va Max tariflarida sukut boʻyicha yoqilgan. Uni oʻchirish yangi maʼlumotlarning oʻqitish jarayoniga kiritilmasligini taʼminlaydi, biroq avval toʻplangan maʼlumotlarni oʻchirib boʻlmaydi. Alisa sozlamalari Yandex ID → Maʼlumotlarga kirish → Alisa boʻlimida joylashgan. U yerda «Alisani yaxshilashga yordam bering» opsiyasini oʻchirish kerak.
Agar bot manzil, telefon raqami yoki yolgʻon maʼlumotlarni koʻrsatsa, avval skrinshotlarni saqlab, birlamchi manba saytini tekshirish kerak. Shundan soʻng ishlab chiquvchiga soʻrov yuborish mumkin: OpenAI bunday murojaatlarni maxfiylik portali (Make a Privacy Request → Remove personal data from ChatGPT responses) orqali, Google — Gemini javobidan shikoyat qilish shakli orqali, Anthropic esa Privacy Center yoki privacy@anthropic.com manzili orqali qabul qiladi. Saytlar uchun qoʻshimcha ravishda botlarning materiallarni yigʻishini robots.txt orqali cheklash mumkin.
Yana oʻqing

SpaceX kosmik AI-maʼlumot markazlari uchun 1 mln gacha sunʼiy yoʻldoshga ruxsat oldi
Texnologiyalar10:15
FT maʼlumotlariga koʻra, Nvidia Janubi-Sharqiy Osiyoga AI serverlari yetkazib berilishini toʻxtatishni buyurdi
Texnologiyalar08:50
