Juma, 27-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Spotify va YouTube Musicʼning sunʼiy intellektli DJʼlarini taqqoslab, ikkalasidan ham voz kechdi

WIRED sharhlovchisi YouTube Music va Spotifyʼning ovozli boshlovchilarini sinab koʻrdi va choʻzilib ketadigan replikalar hamda treklar haqidagi hikoyalardagi xatolar musiqa tinglashiga nega xalaqit berganini aytib berdi

17-noyabr, 15:09По-русски
wired.com

YouTube Musicʼda sharhlovchi YouTube Labs orqali taqdim etiladigan eksperimental Beyond the Beat funksiyasidan bir necha oy foydalandi. U qoʻshiqlar orasiga vaqti-vaqti bilan navbatdagi trek haqida ovozli izoh qoʻshadi. Muallifning kuzatishlariga koʻra, bunday qoʻshimcha izohlar qariyb 30 soniya davom etishi mumkin edi.

Bir kuni mashgʻulot paytida boshlovchi Charli XCX ismini Charli XXC deb talaffuz qildi va Rock Music qoʻshigʻiga xonandaning gastrollari haqida uzoq hikoyani qoʻshib yubordi. Boshqa safar esa u Olivia Rodrigoʻning Chappell Roan ishtirokidagi Expectations remiksini batafsil tahlil qildi, shundan keyin YouTube Music trekning original versiyasini qoʻydi.

Spotifyʼda boshlovchi musiqani foydalanuvchining tinglash tarixi va soʻrovlariga qarab ham tanlaydi. Noyabr oyida servis yettita yangi ingliz tilidagi va ikkita ispan tilidagi ovozni qoʻshdi, DJ funksiyasi mavjud mamlakatlardagi Premium obunachilariga esa qoʻshiqlar orasidagi izohlarni oʻchirib qoʻyish imkonini berdi. Shunga qaramay, funksiya ishga tushirilganda yoki tanlov oʻzgartirilganda qisqa replikalar yangrashi mumkin.

Sharhlovchi Spotifyʼning sakkizta ingliz tilidagi ovozining barchasiga tegishli kirish qismlarini tingladi. Uning fikricha, replikalar YouTube Musicʼdagilarga qaraganda qisqaroq edi, biroq jonli nutqqa taqlid qilish uchun soʻz-parazitlardan foydalanilgani chalgʻitdi. Oxir-oqibat muallif har ikkala funksiyadan ham voz kechdi. Spotify esa DJ tinglovchilarining 80 foizi haftadan haftaga unga qaytishini maʼlum qilmoqda.