Juma, 27-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

WhatsApp Androidʼda oʻzining shifrlangan bulutida zaxira nusxalarini sinovdan oʻtkazmoqda

WhatsAppʼning Androidʼdagi ayrim beta foydalanuvchilariga zaxira nusxalarini Google Drive oʻrniga servis bulutiga yuklash imkoniyati taqdim etildi

17-noyabr, 15:15По-русски

Read in English

Rawpixel.com / Wikimedia Commons

WhatsApp oʻzining bulutida zaxira nusxalarini saqlash uchun 2 GB bepul joy taqdim etadi. Bu funksiya Android uchun WhatsAppʼning 2.26.46.4 beta-versiyasidan foydalanuvchilarning bir qismida paydo boʻldi. Kelgusi haftalarda undan foydalanish imkoniyati boshqa akkauntlarga ham kengaytirilishi kerak.

Zaxira nusxalarini yaratish sozlamalarida WhatsApp buluti yoki Google Driveʼni tanlash, keyinchalik esa ular oʻrtasida almashish mumkin. WhatsApp xotirasida birinchi nusxani yaratishdan oldin uchdan uchigacha shifrlashni yoqish talab etiladi: servis serverlarida saqlanadigan maʼlumotlar uchun bu shifrlash majburiy. Himoya uchun kirish kaliti, parol yoki 64 xonali shifrlash kalitidan foydalanish mumkin; WhatsApp va Meta nusxa mazmuniga kira olmaydi.

WhatsApp Plus obunasi mavjud joy hajmini 100 GB gacha oshiradi. Qoʻshimcha 4 TB gacha joyni Meta One orqali sotib olish mumkin. Obuna muddati tugasa, oxirgi zaxira nusxasi serverlarda yana toʻrt oy saqlanadi. Shundan soʻng, obuna uzaytirilmagan boʻlsa, WhatsApp uni qayta tiklash imkoniyatisiz oʻchirib tashlaydi.

Hozircha kompaniya bu funksiya barcha foydalanuvchilar uchun qachon chiqarilishini eʼlon qilgani yoʻq. Androidʼda Google Driveʼdagi zaxira nusxalari majburiy uchdan uchigacha shifrlashsiz saqlanishi mumkin. Shu sababli shifrlashdan voz kechish uchun aynan shu xotirani tanlash kerak boʻladi.