Juma, 27-noyabr 2026-yil
Siyosat

Mirziyoyev Ummon biznesi bilan investitsiyaviy hamkorlikni muhokama qildi

Ummon safari davomida tomonlar qoʻshma kompaniya kapitalini oshirish va turli sohalardagi loyihalarni muhokama qildi

17-noyabr, 18:59По-русски

Read in English

Пресс-служба Президента Республики Узбекистан / president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat Investitsiyalar agentligi prezidenti Abdussalom al-Murshidiy boshchiligidagi Ummonning yirik biznes vakillari bilan uchrashdi. Unda, shuningdek, Savdo-sanoat palatasi raisi shayx Faysal al-Ravas hamda SABCO Group, Voltamp Energy, Asyad Group, Zubair Corporation va UzOman kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvning asosiy masalasi Oʻzbekiston-Ummon investitsiya kompaniyasining ustav kapitalini oshirish boʻldi. Ishtirokchilar, shuningdek, togʻ-kon, elektrotexnika va kimyo sanoati, «yashil» energetika, shaharsozlik, transport hamda logistika sohalaridagi qoʻshma tashabbuslarni koʻrib chiqdi.

Yoʻnalishlar roʻyxatidan infratuzilmani rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi ham oʻrin oldi. Tashkil etilayotgan Oʻzbekiston-Ummon ishbilarmonlar kengashi ikki mamlakat tadbirkorlari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni taʼminlashi kerakligi alohida taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish uchun qoʻshma ishchi guruh tuzishga kelishib oldi. Ish natijalarini har chorakda muhokama qilish rejalashtirilmoqda.