Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Fargʻona viloyatida 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish rejalashtirilmoqda

Quyosh elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish uchun 350 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda.

17-noyabr, 20:04По-русски

Read in English

Fargʻona viloyatida 350 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etish rejalashtirilayotgan 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish rejalashtirilmoqda. Kelishuv loyihani birgalikda tayyorlashni nazarda tutadi.

Quyosh elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish uchun 350 mln dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb etish rejalashtirilmoqda. Uni rivojlantirish boʻyicha kelishuvni Oʻzbekiston Energetika vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ummonning Voltamp Energy SAOG kompaniyasi hamda mahalliy UET Construction kompaniyasi imzoladi.

Hujjat stansiyani birgalikda ishlab chiqish va uni amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrishni nazarda tutadi. Obyekt ishga tushirilgach, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan yiliga 1 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Loyiha ishtirokchilarining hisob-kitoblariga koʻra, bu yiliga 250 mln kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.

Hozirda Voltamp Energy mutaxassislari qurilish uchun ajratilgan maydonni oʻrganmoqda va moliyaviy modelni tayyorlamoqda. Bu ishlar yakunlangach, kompaniya tijorat taklifini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Stansiyani qurish va ishga tushirish muddatlari hozircha maʼlum qilinmagan.

Bundan tashqari, Voltamp transformatorlar uchun maxsus oʻtkazgichlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha Texnokabel Group bilan kelishuvga erishdi. Nura Group bilan birgalikda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqaradigan zavod qurish rejalashtirilmoqda.

Loyihalar, shuningdek, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishini mahalliylashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutadi. Ishtirokchilar tashabbuslar yangi ish oʻrinlarini yaratishiga umid qilmoqda, biroq ularning soni aniqlashtirilmagan.