Oʻzbekiston aholisi oʻrtacha yoshi 29,6 yoshni tashkil etdi
Maʼlumotlar aholini roʻyxatga olish yakunlari hisobga olingan holda qayta hisoblandi
25-noyabr, 19:56По-русски

sergio capuzzimati / Shutterstock
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, mamlakat aholisi oʻrtacha yoshi 29,6 yoshni tashkil etdi. Aholisi eng keksa hudud Toshkent boʻlib, bu yerda oʻrtacha yosh 33,6 yoshni tashkil etgan. Eng yosh hudud esa 27,4 yosh koʻrsatkichi bilan Surxondaryo viloyati boʻldi. 2010-yildan buyon aholi oʻrtacha yoshi 2,6 yoshga oshdi.



