Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Goldman Sachs 2027 yildagi oʻsishning asosiy drayverini atadi

2027 yilda jahon yalpi ichki mahsuloti 2,8 foizga oʻsadi, bunga sunʼiy intellektga kiritilayotgan investitsiyalar va energiya narxlarining arzonlashuvi yordam beradi

16-noyabr, 16:46По-русски

Read in English

BalticServers.com / Wikimedia Commons

2027 yilda jahon yalpi ichki mahsuloti bir yil avval kutilayotgan 2,7 foizdan keyin 2,8 foizga oshishi mumkin. Tahlilchilar prognoziga koʻra, sunʼiy intellektga yoʻnaltiriladigan global investitsiyalar 1,1 trln dollardan 1,8 trln dollargacha koʻpayadi, texnologiyalarga kiritiladigan investitsiyalar esa jahon iqtisodiy oʻsishiga qariyb 0,4 foiz bandi qoʻshadi.

Energiya tashuvchilari narxlarining pasayishi ham qoʻshimcha yordam berishi mumkin. Bazaviy ssenariyga koʻra, Brent neftining narxi 2027 yil oxiriga borib bir barrel uchun 78 dollargacha tushadi. Shu bilan birga, energetika inqirozining oqibatlari Yevropada uzoqroq seziladi.

Prognoz uchun xatarlar yomonlashish tomonga siljigan: ular orasida Eron atrofidagi mojaroning kuchayishi ehtimoli, yirik budjet taqchilliklari, uzoq muddatli stavkalarning oshishi va sunʼiy intellektga investitsiyalarning sekinlashuvi bor.