Kristian Beylning yangi filmi karerasidagi eng yomoni deb ataldi
Kristian Beyl ishtirokidagi «Madden» biografik dramasi Rotten Tomatoesʼda 15% va Metacriticʼda 35 ball oldi. U aktyor karerasidagi eng omadsiz film boʻldi.
19-noyabr, 22:27По-русски

peopletalk.ru
Film premyerasi 18-noyabr kuni boʻlib oʻtdi. Beyl «Oklend Reyders» klubi egasi El Devis rolini ijro etdi, murabbiy va telekommentator Jon Maddenning bosh rolini esa Nikolas Keyj oʻynadi.
Tanqidchilar filmni zaif ssenariysi va hazillari uchun tanqid qildi. Ularning fikricha, qahramonlar oʻrtasidagi kimyo umumiy taassurotni saqlab qola olmadi, personajlarning oʻzi esa karikaturaga oʻxshab qoldi. Syujet Maddenning Amerika futbolidagi faoliyati, telekommentatorlik ishi va Madden NFL videooʻyinlar seriyasini yaratishda ishtirok etgan davrini qamrab oladi.
Yana oʻqing

Hunter Schafer va serial yaratuvchisiga koʻra, «Blade Runner 2099» faqat SI haqida emas
Madaniyat26-noyabr, 12:23
AQShda «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmi oldindan sotuvlari 100 mln dollardan oshdi
Madaniyat26-noyabr, 12:06
