Rossiyaning sakkiz hududida oʻzbekistonliklarning taksida ishlashini taqiqlamoqchi
Chet el fuqarolari, jumladan Oʻzbekiston fuqarolari uchun taqiq 2027-yildan kuchga kirishi mumkin

Cheklovlarni Mordoviya, Chuvashiya, Tatariston, Udmurtiya, Sverdlovsk, Orenburg va Ulyanovsk viloyatlarida, shuningdek Yahudiy avtonom viloyatida joriy etish taklif qilinmoqda. Qaluga viloyatida esa loyiha kuryerlik xizmatlariga ham cheklovlar qoʻyishni nazarda tutadi.
Bu chora Rossiyada mehnat patentlari asosida ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga taʼsir qilishi mumkin. Hujjat iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida chet ellik ishchilar uchun ruxsat etilgan ulushni oʻzgartiradi.
Tashabbusni oktyabr oxirida Rossiya uch tomonlama komissiyasi maʼqulladi. Kuchga kirishi uchun qarorni Bosh vazir Mixail Mishustin imzolashi kerak. Cheklovlarning yakuniy shartlari hujjat qabul qilinganidan keyin maʼlum boʻladi.


