Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Yevropa yozda omborlariga haydagan gazining 10 foizini allaqachon olib chiqdi

Yevropa Ittifoqi omborlari 70,5 foizga toʻldirilgan — besh yillik oʻrtacha koʻrsatkich esa 89 foiz

17-noyabr, 20:23По-русски

Read in English

oilprice.com

Yevropa Ittifoqi gaz omborlarini 90 foizgacha toʻldirishni maqsad qilgan, biroq joriy mavsumda gaz haydash jarayoni murakkab kechdi. Operatorlar suyultirilgan tabiiy gazning spot partiyalari uchun osiyolik xaridorlar bilan raqobatlashishga va odatdagidan koʻproq haq toʻlashga majbur boʻldi. Bunga Eron bilan urush Qatardan gaz eksportini deyarli toʻxtatib qoʻyganidan keyin yuz berdi.

Yevropa omborlaridan gazni sof olib chiqish oktabr oʻrtalarida boshlandi, noyabr boshida tezlashdi, soʻnggi bir hafta ichida esa sekinlashdi. Shunga qaramay, Yevropa Ittifoqi omborlaridagi gaz hajmi ushbu davr uchun odatiy darajadan ancha pastligicha qolmoqda: besh yillik oʻrtacha koʻrsatkich 89 foizni tashkil etadi.

Zaxiralarning kamligi Germaniyada allaqachon ogohlantirishga sabab boʻldi. Gaz omborlari operatorlari assotsiatsiyasi INES mamlakatda qish haddan tashqari sovuq kelgan taqdirda gaz taʼminoti toʻliq taʼminlanmasligi mumkinligini maʼlum qildi. Tashkilot qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha strategik choralarni zudlik bilan kuchaytirishga chaqirdi.