Juma, 27-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Grand Theft Auto VI chiqqanidan soʻng Metacriticʼda 99 ball oldi

Oʻyin sayt tarixidagi eng yuqori baho boʻyicha The Legend of Zelda: Ocarina of Time bilan tenglashdi. Tanqidchilar oʻyinni yuqori baholadi.

19-noyabr, 12:21По-русски

Read in English

deadline.com

Metacriticʼda oʻyin 99 ball oldi — bu sayt tarixidagi eng yuqori bahoni saqlab kelayotgan The Legend of Zelda: Ocarina of Time olgan ball bilan bir xil.

The New York Times syujetning chuqurligi, Lusiya Kaminos va Jeyson Dyuval personajlari, shuningdek, batafsil ishlab chiqilgan oʻyin olamini alohida taʼkidladi. The Guardian oʻyinga besh yulduz berdi va Rockstar Gamesʼning virtual olamini ilgari yaratilganlar ichidagi eng batafsili deb atadi.

The Washington Post Grand Theft Auto VIʼni AQShdagi hayot haqida yaratilgan keng koʻlamli asar sifatida taʼrifladi. Nashrga koʻra, qahramonlarning qarorlariga irq, ijtimoiy tabaqa, gender, pul va eʼtibor taʼsir qiladi. Bloomberg oʻyinni durdona deb atadi va videotasvirdan ajratish qiyin boʻlgan grafikani alohida maqtadi.

IGN GTA 6’ni eng taʼsirchan oʻyinlar qatoriga kiritdi va musiqiy hamrohligiga eʼtibor qaratdi: toʻrtta radiostansiyada qariyb 200 ta qoʻshiq bor. Empire Magazine oʻyinda Amerika madaniyatiga oid satirani koʻrdi. Jurnal bahosiga koʻra, bu satira voqelikka ogʻriqli darajada yaqin.

Sensor Tracker maʼlumotlariga koʻra, relizga ikki kun qolganida oʻyin oldindan buyurtmalar hisobiga 1,5 mlrd dollar tushum chegarasidan oshdi.